Amorf holati

Rentgen nurlari yordamida zarralari suyuqlikdagidek tartibsiz joylashgan qattiq moddalar mavjudligini aniqlash mumkin bo’ldi (Qattiq jism) Bunday moddalar amorf moddalar yoki shishalar deyiladi, chunki oddiy shisha-amorf jismning eng tipik misolidir.

Amorf holat-kristalli va gazsimon holatlar orasidagi ortiq holat bo’lib, zarralar kiristalldagiday tartibli joylashmagan, lekin gazdagidan tartibliroq joylashgan bo’ladi.

Yunonchadan tarjima qilganda «amorf» so’zi «shaklsiz» degan ma’noni anglatadi. Bu moddalarning bunday nom olishiga sabab, ular kiristallardan farqli, tabiatan ko’pyoqliklar shakliga ega emas.

Agar eritma gaz sovitilsa, suyuqlik kirstallana boshlamasdanoq qotadi. Atomlar panjaraga tartib bilan joylashishga ulgura olmaydi va suyuqlikka xos bo’lgan tartibsiz joylashishini saqlab qoladi. Biroq bu suyuq modda bo’lmay, qattiq modda bo’ladi. Uning yopishqoqligi suyuqliknikidan ancha katta va kristallning yopishqoqligiga yaqin bo’ladi.

Amorf holatni hosil qilish uchun zarur bo’lgan sovutish tezligi moddaning tabiatiga, asosan uning yopishqoqligiga juda kuchli bog’liq bo’ladi: yopishqoq eritmalar ko’pincha shisha ko’rinishida qotadi. Masalan, eritmani havoda sovitib, odatdagi shishani hosil qilish mumkin. Sof metallarni amaliy jihatdan mumkin emas, ba’zi qotishmalarni esa hosil qilish mumkin. Sekundiga million gradusdan ortiq bo’lmagan sovutish tezliklarida, «metall shishalar»-atrof metall qotishmalar (AMQ)ni hosil qilishi mumkin bo’ladi.

AMQ yuqori magnit xossalariga ega va deyarli magnit yo’qotishlariga ega emas, shuning uchun ular transformatorlarning o’zaklarini, ovoz va videoyozuvlar uchun magnit kallaklari va hokazolarni tayyorlash uchun zarurdir.

Yangi tipdagi shishalarni va ular asosidagi materiallarni yaratish texnikaning ko’pgina sohalari taraqqiyotidagi muvaffaqiyatlarda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Amorf holatning bir jinsliligi va ularda kristallardagidek nuqsonlar bo’lmaganligi tufayli, shishalar juda muhim qator xossalarga ega bo’ladi: ular elektromagnit tebranishlarning turli diapazonlarida shaffof, ximyaviy mustahkam, chidamli, qattiq, elektr izolyatsiyalovchi va boshqa fizik-ximik xossalarga ega bo’ladi. Bunday shishalar turmushda, qurilishda, elektron-nur trubka ishlab chiqarishda, tola optikasida, yuqori voltli elektr uzatish liniyalari uchun elektr izolyatorlar, turli shisha tolalari, shisha-moy ishlab chiqarish va boshqalarda keng qo’llaniladi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz